Vohamizda ijodiy safarda bo‘lib turgan Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatr jamoasi muhtasham san’at saroyida TerDU talabalari uchun ko‘ngilochar dastur namoyish etishdi.
"Kulgi va shodlik" kechasida Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrining bir necha mahoratli aktyor, aktrisalari va raqqosalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiq, raqs va sahna ko'rinishlari talaba-yoshlarga xushnudlik, ko'tarinki kayfiyat ulashdi.