11-noyabr “Kasaba uyushmalar kuni”

11-noyabr “Kasaba uyushmalar kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan oliygohning professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari o‘rtasida katta qiziqish bilan kuzatiladigan va intellektual salohiyatni sinovdan o‘tkazadigan "Zakovat" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tarix, fan, san’at, sport va boshqa sohalarga oid qiziqarli savollarga javob berish orqali ishtirokchilar o‘zlarining bilimlarini namoyish etdilar. Shu bilan birga, qatnashchilar o‘z bilim doiralarini kengaytirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Natijalarga ko‘ra, g‘oliblik:

1-o‘rin — Yuridik fakulteti jamoasi,

2-o‘rin — Tarix fakulteti jamoasi,

3-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa nihoyasida g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 73

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 48

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 69

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil