Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Rahimova Zebiniso Shomansur qizi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda "O‘zbek tili" ixtisosligidan “O‘zbek tilida jargonlarning lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Zebiniso Shomansur qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.