Fakultetning pedagoglar jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda avvalo ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi. O‘qituvchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi.
Rektor universitetning xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasidagi vazifalar xususida to‘xtalib, rejadagi xalqaro hamkorlik kelishuvlari bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Muloqotlarda ish samaradorligini oshirish, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.