O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan bayramona shukuh

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan bayramona shukuh viloyatimiz markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimiga ulanib ketdi.

Viloyat mutasaddilari boshqarma va tashkilot rahbarlari TerDUning mas’ullari va ilmiy hodimlari ishtirok etgan tadbirda A.Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ona tilimizga bo'lgan ehtirom namoyon etildi.

San’at saroyi majmuasida davom etgan tadbirdaTermiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham so‘zga chiqib, tilimizning sofligini ta'minlashda bugungi avlod vakillarining oldida turgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tishdi. 

Tadbirning badiiy qismida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi sahna asarlaridan parchalar namoyish etildi hamda vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalarining chiqishlariga keng o‘rin berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 74

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 48

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 69

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil