Termiz davlat universitetida Biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan "Zoologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar va istiqbolli yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjumanning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, respublikamiz OTM professor-o‘qituvchilari, hamkasblari, shogirdlari ishtirok etishib, ustozning sermahsul hayot yo‘llariga nazar tashlashdi.
Konferensiyada ishtirokchilar:
1-sho‘ba — Hayvonot dunyosining xilma-xilligi va uni saqlash: muammo va istiqbolli yechimlar,
2-sho‘ba —Tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlikning dolzarb muammolari,
3-sho‘ba — Biologiyani oʻqitish boʻyicha tadqiqotlar: muammo va yechimlar sho’balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.