Termiz davlat universitetda o‘zbek-fransuz “Baqtriya” xalqaro arxeologik ekspeditsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “KUSHON PODSHOLIGI - O‘ZBEKISTON TARIXI VA MADANIYATIDA” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Oliygohining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Termiz davlat universiteti, Parij Nanterra universiteti, Madaniy meros agentligi, Samarqand arxeologiya instituti, Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchilar sho’baga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.