Termiz davlat universitetida chet el fuqarolari uchun qabul komissiyasining suhbati o‘tkazildi
2024-2025 o‘quv yilidan Termiz davlat universitetida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari bilan bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun maxsus komissiya tomonidan suhbat o‘tkazildi. Bu jarayon onlayn va oflayn tashkil etildi.
Nomzodlar jadval asosida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha suhbatdan o‘tishdi:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),
- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),
- Lingvistika: Ingliz tili,
- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo'nalishlar bo'yicha),
- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha),
- Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili.
Qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Termiz davlat universiteti ilmiy salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashda chet el fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!