TerDUda Respublika OTMlari orasida muqobili yo‘q zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi ish boshladi

Joriy o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilgan Ilmiy-tadqiqotlar markazi negizida zamonaviy arxeologiya laboratoriyasi tashkil etildi. Uning ramziy ish boshlashi tantanali ko‘rinish oldi. 

TerDU rektori A.Toshqulov  Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti vitse-prezidenti Chen Fulin tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov va ikki universitet mas’ullari, talaba-yoshlari  ishtirokidagi marosimda, hamkorlik aloqalari  amaliy bosqichga o‘tganligi, tomonlar uchun manfaatli ekanligi ta’kidlandi.

 Ushbu laboratoriyada paleobotanika, paleozoologiya, antropologiya, restavratsiya, kutubxona va moddiy madaniyat topilmalarini saqlash boʼlimlari mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Oʼzbekiston-Xitoy xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi Bandixon yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 74

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 69

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil