Samimiy muloqotlarda O‘zbek adabiyotida voha maktabining o‘ziga xos jihatlari, namoyondalarining shaxsi, ibratli hayot yo‘llariga nazar tashlandi.
Mushoira kechasi ko‘rinishini olgan tadbirda, ustozlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi, o‘z o‘rnida yosh qalamkashlar ham iste'dodlarini namoyon etishdi.
Tadbir yakunida elimiz ardog‘idagi ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.