Qaymoqlida qad rostlagan yangi maktab

Oltinsoy tumanidagi Qaymoqli qishlog'ida 48-maktab binosi yangitdan qurib bitkazildi. Mazkur taʼlim muassasasining ochilishi viloyat rahbarlaridan tortib butun oltinsoyliklar tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi.

Marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov mazkur muassasa 1-oktabr -O'qituvchi va murabbiylar kuniga haqiqiy tuhfa bo'lganligini taʼkidladi.

Universitet taʼsischisi Jamshid Pardayev homiyligi asosida qad ko'targan maktabda barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Endi bu maskanda hech qaysi shahar maktabidan kam bo'lmagan, havas qilsa arziydigan keng va yorug' xonalalarda oltinsoylik bolalar taʼlim olishadi.

Tadbir davomida shunday ulug’ tashabbusga qo'l urgan Jamshid Pardayevning ota-onasiga minnatdorchilik bildirildi.

Endilikda,Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va 48-maktab o'rtasida ham hamkorlik aloqalari o'rnatiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 74

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 69

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil