Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi

Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi. 

To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 74

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 69

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil