Termiz davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Narmuratov Zayniddin Radjabovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy Kengashda «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» ixtisosligidan “Ta’lim” va “Ilm” mazmunli frazemalarning semantik-struktur, lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Zayniddin Radjabovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.