Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Surxondaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi
Unda 30 ta jamoa vakillari egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, yakunda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
DXX CHQ “Yosh chegarachilar” HAL
IIV Surxondaryo Akademik litseyi
TerDU Akademik litseyi
Ushbu jamoalar oktabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqaning respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jamoalarga respublika bosqichida ham omad tilaymiz.