Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi Saatmurotov Shohrux Zafar o‘g‘li Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda «08.00.06 - Ekonometrika va statistika» ixtisosligidan “Mintaqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning ekonometrik modellari” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Shohrux Zafar o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.