Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda
.jpg)
Ushbu forumda Italiyaning 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etib, muzokaralar olib bormoqda.
Jarayonda Termiz davlat universiteti rektori hamda Italiyaning Salento universiteti rahbariyati bilan memorandum imzolandi.
Endilikda ushbu huhuqiy hujjatga asosan Termiz davlat universiteti hamda Salento universiteti o'rtasida arxeobotanika va arxeozoologiya mutaxassisliklari bo'yicha magistratura bosqichida qo'shma ta'lim dasturi "1+1" tashkil qilinadi. E’tiborli tomoni nafaqat TerDU talabalari xorijiy oliygohda tahsil oladi, balki Salento universiteti talabalari ham TerDUda bilim olishadi.
.jpg)
Termiz davlat universiteti va Salento o'rtasida 2 ta loyiha yo'lga qo'yilmoqda:
1. Magistratura qo'shma ta'lim dasturi
2. Jarqo'ton yodgorligida arxeologik qazishma ishlarini olib borish bo'yicha loyiha
.jpg)