TerDU mezbonlik qilayotgan “XI Xalqaro arxeologiya maktabi” loyihasi doirasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Oliygohning majlislar zalida Termiz davlat universiteti hamda Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻrtasida 2026-yildan boshlab qoʻshma taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, arxeologiyaning ixtisoslashgan yoʻnalishlari, jumladan paleobotanika va paleozoologiya sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy jurnallar chop etish, talabalar almashinuvi hamda professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, tegishli hujjatlar almashildi.