TerDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining  2023-yil 17-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarori ijrosi doirasida joriy yil boshida TerDUda quvvati 1000 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda bu stansiya orqali TerDUning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji  to‘liq ta’minlanib,  145 833 kVt  energiya  hududiy ET korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 720 so‘mdan sotilmoqda.

Prezidentning 14.06.2024 yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son Qarori asosida yana 1000 kVt stansiya qurilishi rejalashtirilgan.

Oliygoh hududidagi avtoturargohlarning tom qismida ham quyosh panellarini o‘rnatilishi orqali yana oyiga 33 ming 600 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 77

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 70

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil