Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishni rektor A.Toshqulov boshqarib bordi. Unda universitet rektorati, fakultetlar, kafedralar o‘rtasida intigratsiya yetarlicha yo‘lga go‘yilmaganligi, misollar bilan keltirildi. Yigilishda shuningdek, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlashda, mas’ullar oldiga qator vazifalar qo‘yildi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalanib, inson omilisiz, korrupsion hatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladigan loyiha mualliflarining mehnatlari etirof etildi.
Rektorning taklifiga ko‘ra, endilikda universitetda Ijro apparati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.