Unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi – Prokuratura, Adliya va Sud organlari vakillari hamda Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm”, “Kimyo”, “Sport faoliyati va boshqaruvi” va “Ijtimoiy fanlar” fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’ruza qilishdi.