Xalqaro hamkorlik

Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi

TerDU rektori A.Toshqulov va Novosibirsk viloyati ta'lim vaziri M.Jafyarova hamda mas’ullar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar, tashabbuslarni o‘rtaga tashlashdi. Muzokaralar so‘ngida anglashuv memorandumi imzolandi. Taomilga ko‘ra mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida bo‘lgan viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirsk viloyatida bo‘lishib, hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha, muzokaralar o‘tkazishib “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan edilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 70

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil