Universitet Kengashining 2024/2025-o'quv yilidagi dastlabki yig'ilishi bo'lib o'tdi

Universitet Kengashining yig'ilishida A.Toshqulov kengash a'zolarini O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan qutlab, mustaqillik bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, universitetni xalqaro va milliy reytinglarda yuqori o'rinlarga chiqarish lozimligini ta'kidladi.

Yig'ilishda quyidagi masalalar:

— universitet fakultetlari hamda Akademik litsey va texnikumlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ularda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, 

— talabalarni kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish, 

— universitet Kengashining yangi tarkibini hamda 2024/2025-o‘quv yili ish rejasini tasdiqlash, darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalarni nashrga tavsiya etish, 

— oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tizimida tayanch doktorantura bo‘yicha yangi ixtisosliklarni ochish masalalari muhokama qilinib, o’rnatilgan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 50

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 71

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil