TerDU yangi o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

29-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz davlat universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi, yangidan qurib foydalanishga topshirilgan ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyatda yagona bo‘lgan yetti qavatli zamonaviy Ilmiy-tadqiqot markazi 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 8 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi. Tanishish davomida markazdan oqilona foydalanish talaba va magistrantlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, sportning kurash hamda dzyudo turlariga mo‘ljallangan sport majmuasi, ma’muriy va akademik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beruvchi “Registrator ofisi” hamda “Jalinga” interaktiv videostudiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 50

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 71

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil