Bugunning o'zida universitet rektori Germaniyaning Myunster universiteti vakillari bilan uchrashdi

Uzoq yillik hamkor oliygoh – Myunster universiteti Germanistika institutining „O‘rta asrlarni o‘rganish“ yo‘nalishi bo‘yicha professori Silviya Royvekamp rahbarligida tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv – ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflarga boy bo‘ldi.

Jumladan, Myunster universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalarimiz uchun nemis tili va boshqa yo‘nalishlarda malaka oshirish, yozgi maktab dasturlarini tashkil etish taklif etildi. Shuningdek, dastlabki bosqichda xorijiy tillar yo‘nalishida, keyinchalik barcha yo‘nalishlarda hamkor universitetda faoliyat yuritayogan mutaxassislarni jalb etish muhokama etildi. 

Ma’lumot uchun, Myunster universiteti 1780-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 40 mingga yaqin talabalar 130 dan ortiq ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olishadi. Ushbu universitet tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan til, adabiyot va madaniyatshunoslik sohasida nemis-o‘zbek onlayn jurnalini yaratish loyihasida Termiz davlat universiteti ham faol ishtirok etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 50

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 71

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil