Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida TerDUda yangidan qurib bitkazilgan binolarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eng ulug‘ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda. Aholi turmush farovonligiga xizmat qiladigan maskanlar ishga tushirilmoqda.

Xususan, bugun Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli Talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni istiqlol ayyomi bilan qutladi hamda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalarni yangi ob’ektlar ochilishi bilan tabrikladi.

Viloyat rahbari faxriy professor-o‘qituvchilar, universitet rahbariyati, nuroniylar hamda talabalar bilan foydalanishga topshirilgan binolarda yaratilgan sharoitlar hamda universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyining umumiy qiymati 31 mlrd so‘m bo‘lib, 50 foiz davlat subsidiyasi va 50 foiz universitet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. Ilmiy-tadqiqot markazini 7 qavatli 750 o‘rinli binosining umumiy qiymati 26,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan, kurash hamda dzyudo sport turlariga ixtisoslashtirilgan Sport majmuasi esa 3,4 mlrd so‘mga barpo etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Teatr

  • 2024-09-14
  • 20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va aholiga madaniy xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi

Batafsil

TerDUda "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tegishli tavsiyanoma"ga ega abituriyentlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

  • 2024-09-14
  • 28

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/terdu340/27136https://t.me/terdu340/27136) bugun TerDUda 2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetiga o'qishga kirish maqsadida ro'yxatdan o'tgan

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2024-09-13
  • 61

Termiz davlat universiteti matematik analiz kafedrasi katta o'qituvchisi Mirsaburova Gulbaxor Miraxmatovna Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda

Batafsil