2024–2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda TTJlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Bugungi kunda Termiz davlat universitetida umumiy sig‘imi 2 452 nafar talabalarga mo‘ljallangan 6 ta talabalar turar joylari mavjud.

Ma’lumot uchun: 1-sonli TTJ 177 o‘rinli, 2-sonli TTJ 329 o‘rinli, 3-sonli TTJ 426 o‘rinli, 4-sonli TTJ 700 o‘rinli, 5-sonli TTJ 114 o‘rinli hamda 6-sonli TTJ 706 o‘rinli.

Shuningdek, 700 o‘rinli 7-sonli zamonaviy TTJ foydalanishga topshirilmoqda.

Yangi yotoqxona ishga tushirilishi orqali 3 152 nafar talabalar turar joy bilan ta’minlanadi.

Universitet hududida volontyor va tyutorlardan iborat 4 ta Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish markazi tashkil etilib, 854 nafar talabalarga yordam ko‘rsatildi.

Joriy yilning 26-avgust holatiga ko‘ra 1 605 nafar (1353 nafari qizlar, 252 nafari o‘g‘il bolalar) talabalar TTJlarga joylashish bo‘yicha billing.edu.uz platformasi orqali online ariza topshirishdi. Shundan, 402 nafar talabalarga shartnomalar shakllantirildi.

TTJlarga joylashmagan talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda 313 ta ijara xonadonlarida 2 150 dan ortiq turar joylar maxsus https://ijara.tersu.uz platformaga joylashtirildi. 

Bundan tashqari, 2023-2024 o‘quv yilida ijara xonadonlarida yashagan 2 142 nafar talabalarga 2 mlrd 515 mln 895 ming so‘m ijara pullari to‘lab berildi.

TTJlarda yashovchi imkoniyati cheklangan, chin yetim va boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar” va “Ayollar daftar”larida turuvchi 473 nafar talabalar TTJ to‘lovlardan ozod qilindi (569 700 000 so‘m ).

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 49

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 71

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil