Yangi o‘quv yili oldidan universitet rektori A.Toshqulov Iqtisodiyot va turizm fakultetidagi tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish jarayonida fakultetda professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi. Jumladan, moddiy texnik bazani yangilash, auditoriyalarni dars jarayonlari uchun zarur bo‘lgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, yangi o‘quv yilini ko‘ngildagidek boshlash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, yangidan tashkil etilgan iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Kengash faoliyatini munosib sharoitda boshlash uchun ham mutassaddilarga topshiriqlar yuklatildi. 

Ma'lumot uchun, fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, 3 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi va 13 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega jami 51 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. 

Ish samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fakultetda barcha sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi. Bu kabi o‘rganishlar boshqa fakultetlarda ham davom etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 78

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 50

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 71

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil