Universitet rektori ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bilan tanishdi.
Dastlab ilmiy majmua tomonidan yakunlangan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti tinglandi. Tahlillardan so‘ng ilmiy majmuaga rektor tomonidan quyidagi vazifalar belgilab berildi:
Universitet doktorantura faoliyatini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish hamda yangi ixtisosliklarni ochish;
2024-yilning ikkinchi yarmida universitetda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyalarni talab darajasida tashkil etish;
Ilmiy tadqiqotlar markazi laboratoriyalari faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish;
Universitet “Ilmiy va ilmiy xulq-atvor” kodeksini ishlab chiqish va professor-o‘qituvchilar orasida akademik halollikni yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy jurnallarga maqola qabul qilishni to‘liq raqamli platforma asosida amalga oshirish, jurnallar saytini shakl va mazmun jihatdan boyitish;
Yakunda Ilmiy majmuada faoliyat yuritayotgan xodimlarning yangi o‘quv yilidagi rejalari, tashabbus va takliflari tinglandi. Ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashda Ilmiy majmuaning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanib, ularga kerakli shart-sharoit yaratib berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.