Rektor A.Toshqulov universitet hududida joylashgan 2-,3- hamda 4-sonli talabalar turar joylaridagi sharoitlar bilan tanishib, TTJlar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun, Termiz davlat universitetida o‘tgan o‘quv yili davomida umumiy hisobda jami 2 695 nafar talabalar turar joylar bilan ta'minlangan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida esa bu ko‘rsatkich 3 270 nafarga oshiriladi. Shuningdek, ayni kunlarda universitetga yaqin hududlarda joylashgan bo‘sh ijara xonadonlar ro‘yxati ijara.tersu.uz platformasiga joylashtirilib, ijara xonadoni bo‘yicha barcha ma'lumotlar yuklanmoqda.