Ma’naviy-ma’rifiy ishlar hisoboti tinglandi

Rektor Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori hamda soha bo‘limlarining
hisoboti va istiqbolli rejalari bilan tanishdi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shofiyev tomonidan o‘tgan o‘quv yili davomida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hamda yangi o‘quv yilida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar taqdimoti qilindi.

Yig‘ilish davomida 2024/2025-o‘quv yilida to‘garaklar faoliyatini kengaytirish, “Darband” seminarini doimiy yo‘lga qo‘yish, universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash, "Jayxun" folklor ansambli hamda "Talabalar teatr studiyasi", shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalar qamrovini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida, 2023/2024 o‘quv yilida talabalar ishtirokida 430 marotaba “Kitobxonlik” tadbirlari, 315 marotaba “Zakovat”, “Munozara”, “She’riyat kechalari”, 28 marotaba “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovlari, 270 marotaba huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 81

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil