Termiz davlat universiteti turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovna “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 08.00.17 –“ Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilfuza Samarovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.