Xorijiy va nodavlat OTMlardan Termiz davlat universitetining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan talabgorlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar “Dizayn: milliy kostyum”, “Sport faoliyati: kurash” hamda “Sport faoliyati: valeybol” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o‘tkazilmoqda.
ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.