2024/2025-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirishmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy (2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.