Yangi o‘quv yili oldidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Termiz davlat universitetida bo‘ldi.

Dastlab, yangidan qurilgan ilmiy markazda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan mazkur markaz professor o‘qituvchilar va talabalar uchun katta ilmiy maydon bo‘lishi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, Markazda neft va gaz kimyosi, polimerlar va qurilish-kompozitsion materiallar, fizik-kimyoviy tadqiqotlar, agro-eko monitoring va agrotexnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyalari hamda mahsulotlar sifatini baholash va sertifikatlash bo‘limi faoliyat olib boradi. Bunda talaba va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qilish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, tijoratlashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Shundan so‘ng oliygohda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi va KPI tizimining taqdimoti bilan tanishildi. 

Vazir o‘rinbosariga universitetda tashkil etilgan Jalinga videostudiyasining imkoniyatlari tanishtirildi. Yakunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 81

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil