Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktorlik ishlari himoya kengashi ochildi.
Ilmiy tadqiqotchilar mazkur kengashda iqtisodiyot sohasining quyidagi 5 ta ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishlari mumkin:
Ekonometrika va statistika;
Moliya, pul muomalasi va kredit;
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
Turizm va mehmonxona faoliyati;
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Mazkur kengashning ish boshlashi viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi va salohiyatli iqtisodchi olimlarning kashf etilishiga xizmat qiladi.