Rektor A.Toshqulov Yaponiyaning "Ventforet Kofu" sport klubi prezidenti, faxriy professor Satoru Sakuma bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyadagi kelishuvlari amalda...

Maʼlumki, 2023-yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga safari davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarda bir qator kelishuvlarga erishilgan edi.

Mazkur kelishuvlar natijasi o‘laroq, rektor A.Toshqulov Yaponiyaning "Ventforet Kofu" sport klubi prezidenti, faxriy professor Satoru Sakuma bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Termiz davlat universiteti hamda Yamanashi universiteti o‘rtasida yoshlar futbolini rivojlantirish, qo‘shma dastur asosida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng, "Ventforet Kofu" sport klubi rahbari Termiz davlat universiteti sport obyektlari bilan ham tanishtirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 81

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil