Rektor A.Toshqulov Boysun tumani Mustaqillik va Chorchinor mahallasidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyoti joriy etilgan.

Termiz davlat universiteti rektoriga ham Boysun tumanidagi “Mustaqillik” va “Chorchinor” mahallalaridagi 27 nafar yoshlar biriktirilgan. Ushbu yoshlar bilan doimiy muloqotlar o‘tkazilib, ularning hayotda o‘z o‘rnilarini topishga, bandligini ta’minlash, yechimini kutayotgan muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak berilmoqda.

27-iyul kuni A.Toshqulov tuman bosh imom xatibi Zarif Choriyev, mahalla raislari va yoshlar yetakchilari bilan hamrohligida o‘ziga biriktirilgan yoshlarning xonadonlariga borib, ular bilan muloqot qildi. Muloqot davomida ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

So‘ngra ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va o‘z-o‘zini band etgan holda daromad topishiga ko‘maklashish maqsadida yoshlarga tikuv mashinasi, noutbuk, payvandlash va burg‘ulash uskunalari topshirildi. Shuningdek, imom xatib tomonidan yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topish maqsadida tavsiyalar berildi. Ota-onalar farzandlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 81

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil