Pekin shahar universitetidan TerDU talabalari uchun maxsus taklif!
Pekin shahar universiteti 2024-yil qishki maktab grantini taqdim etmoqda. Universitetimiz uchun alohida 10 ta o'rin ajratilgan bo‘lib, dastur davomiyligi: 15 hafta.
Quyidagi imtiyozlar mavjud:
- Talabalar yotoqxona bilan ta'minlanadi;
- Talabalar uchun kampusda bepul ovqatlanish sharoiti taqdim etiladi;
- Dastur davomida turli ekskursiyalar taqdim etiladi.
Asosiy talablar:
- nomzodlar IELTS sertifikatiga ega bo’lishi lozim (yuqori balga ega nomzodlarga ustunlik beriladi);
- nomzodlar 60 yoshdan oshmagan bo'lishi kerak;
- Viza, aviachipta va sug’urta xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Batafsil ma'lumot uchun ushbu ilovaga o'ting.
Arizalar 2024-yil 20-iyulgacha TerDU xalqaro hamkorlik va akademik mobillik bo'limida qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
@Abdullo_Boboev
