Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Nuraliyev G‘ayrat Turayevich Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan G‘ayrat Turayevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.