Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi katta o'qituvchisi Sakiyeva Ozoda Batirovna Urganch davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligi bo‘yicha “Kichik sanoat zonalari faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili va ularni takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ozoda Batirovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.