Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda

TerDU va Sankt-Peterburg davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi doirasida navbatdagi uchrashuv Yevropa va dunyodagi eng yirik ilmiy-taʼlim markazlaridan biri hisoblangan Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ushbu universitet bilan oʻzaro tajriba almashish, fan va texnologiya, ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlik qilish, magistrant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga taʼlim muassasasidagi yetakchi olim va professorlarni jalb etish, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: 1724-yilda tashkil topgan Sankt-Peterburg davlat universitetida hozirda 20 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. U 15 dan ortiq yirik laboratoriya va 23 ta resurs markazlariga ega. Xalqaro QS reytingida 365-o'rinni egallaydi. Universitet bitiruvchilari bir necha bor Nobel va Filds mukofotlari laureatlariga aylanishgan. Sankt-Peterburg universiteti Rossiyada birinchi boʻlib ilmiy tadqiqotlar uchun kadrlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida grant dasturini ochgan.

Ayni paytda oliygohda 300 nafardan ortiq xorijlik oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 82

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil