Xalqaro hamkorlik: TerDU Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

TerDU rektori A.Toshqulov Vladivostok shahrida o'tkazilayotgan Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumida ishtirok etmoqda. Mazkur forum doirasida Rossiyaning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan oʻzaro hamkorlik muzokaralari olib borilmoqda.

Shu jumladan forum doirasidagi uchrashuvlarda Termiz davlat universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (МГИМО) oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, tadqiqotlar olib borish masalalari oʻz aksini topgan.

Maʼlumot oʻrnida: 1944-yilda tashkil etilgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Rossiyaning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, Xalqaro QS reytingida 567-o'rinni egallaydi, 18 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Institut 2010-yilda eng ko’p chet tillarida ta‘lim berishni yo‘lga qo‘ygan (53 ta xorijiy til) institut sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 82

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil