Biologiya va kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadalari g‘oliblari aniqlandi

7–8-iyun kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston milliy universitetida Biologiya, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyo fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Ularda 100 dan ortiq bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi. 

1-bosqich olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar testni har bir fan boʻyicha olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshirdilar. 

Birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar keyingi bosqichda fanlar asosida laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Unda berilgan topshiriqlarni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik berildi.

Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-bosqich davomida toʻplagan baliga qarab aniqlandi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi.

Biologiya fani boʻyicha: 

1-o‘rin: Ochilov Lochinbek Xusniddin o‘g‘li (O‘zMU);
2-o‘rin: Ruyiddinov Asilbek Husan o‘g‘li (QarDU);
3-o‘rin: Hamidova Umida Farhod qizi (O‘zMU).

Kimyo fani boʻyicha: 

1-oʻrin: Bebitova Komila Elmurod qizi (SamDU);
2-o‘rin: Xolmatov Muzaffar Xidiraliyevich (TerDU);
3-o‘rin: Yashnarov G‘olibjon Obidjon o‘g‘li (O‘zMU). 

Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga  ham ega bo‘ladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-05-26
  • 40

Termiz davlat universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi Nazarov Farxodjon Allaberdiyevich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda

Batafsil

TerDUda Iqtisod fakulteti faoliyati tahlil etildi

  • 2026-05-25
  • 49

Bugun Termiz davlat universiteti rektori Iqtisod fakulteti professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda fakultet rahbariyati bilan ochiq va prinsipial ruhdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil

TerDU— viloyat yoshlari va talabalari birlashayotgan katta maydon!

  • 2026-05-25
  • 40

Termiz davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtirgan yirik festival bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir yoshlarning iste’dodi, bilim va salohiyatini namoyon

Batafsil