Rektor kubogi

Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi. 

Mini futbol musobaqasida jami 16 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi. Ammo gʻoliblik faqatgina kuchlilarga nasib etdi. 

Mini futbol boʻyicha:
1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi;
2-oʻrin - Universitet rahbariyati jamoasi;
3-oʻrinni - Fizika-matematika fakulteti jamoasi egalladi. 

Ayollar oʻrtasidagi voleybol bellashuvlarida jami 11 ta jamoa kuch sinashdi. Natija esa quyidagicha:

1-oʻrin - Sport faoliyati va boshqaruvi;
2-oʻrin - Xorijiy filologiya;
3-oʻrin - Tabiiy fanlar fakulteti sharafini himoya qilgan jamoalarga nasib etdi. 

“Rektor kubogi”da gʻolib boʻlgan  professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar hamda QVZ, Zakovat, Brain ring, milliy kurash tanlov va bellashuvlarida faxrli oʻrinni egallagan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 82

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil