Termiz davlat universiteti kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida sportning mini futbol (erkaklar) hamda voleybol (ayollar) turlari boʻyicha "Rektor kubogi" musobaqalari start oldi.
Bellashuvlarda rektor A.Toshqulov ham ishtirok etib, jamoalarga omad tiladi. Mini futbol musobaqasida universitet professor-o'qituvchilaridan tashkil topgan jami 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Nimchorak va chorak final o‘yinlari qizgʻin bellashuvlar ostida o‘tdi.
Voleybol bellashuvlari esa yanada qiziqarli tus oldi. Ayol professor-o'qituvchilardan iborat jami 11 ta jamoa oʻzaro murosasiz bahslarga kirishdi.