Ayni paytda Termiz davlat universitetida kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2023/2024-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishi himoyalari bo'lib o'tmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi barcha me'yoriy-huquqiy, baholash mezonlari hamda Nizom talablari asosida shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda oʻtishi ta'minlangan.
Jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri onlayn kuzatish http://imtihon.tersu.uz/#home
Imtihonlar joriy yilda kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklini tamomlayotgan 8 ming 123 nafar talabalar uchun bosqichma-bosqich o'tkazilyapti.