Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlari va tyutorlar uchun Termiz davlat universitetida “Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
Trenerlar tomonidan “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”, “Maʼnaviy targʻibot texnologiyalari” kabi mavzularda ma’ruzalar oʻqildi.