Universitetning ilmiy majmuasi tomonidan tarix fakultetining doktorantlari, professor-o‘qituvchilari hamda magistrlari uchun "Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Scopus va Web of Science) foydalanish" mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida Ilmiy tadqiqot loyihalari (fundamental, amaliy va innovatsion)ni shakllantirishdagi muammolar yechimi, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirish tartiblari va loyiha topshirishdagi texnik xatoliklarni bartaraf etish hamda Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqola chop etish, soxta jurnallarni qanday farqlash shuningdek, H-indeksini yuqorilash bo'yicha ma'lumotlar berildi.