Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti, Termiz shahar prokuraturasi va Surxondaryo viloyat ma'muriy sudi hamkorligida navbatdagi tanlov oʻtkazildi
Yuridik fakulteti talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ushbu tanlovni Termiz shahar prokurori, adliya maslahatchisi X.Mamatqulov hamda viloyat ma'muriy sudi raisi o'rinbosari A.Aliqulov ochib berishdi hamda talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalarini berib o'tdilar.
Tanlovda hay'at a'zolari sifatida uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan hamda hozirgi kunda sudya, prokuror va advokat sifatida faoliyat yuritayotgan yuristlar ishtirok etdi. Tanlovda 6 ta jamoa 3 ta bosqichda oʻzaro bellashib, muammoli vaziyat yuzasidan tayyorlagan naʻmunaviy tergov va ma'muriy sud jarayonlarini ko'rsatib berdilar.
Natijalarga ko'ra, g'oliblik:
1-o’rin — "Femida" jamoasi
2-o’rin — "Arbitraj" jamoasi
3-o’rin — "Qalqonlar" jamoasiga nasib etdi.