Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Xamzayev Nomoz Javliyevich Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligida «Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida mineral qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Nomoz Javliyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.